G’iyosjon Rizaqulov yana «Qizilqum» ga qaytdi!
Futbolchi 2023-yildan beri ijara asosida Toshkentning «OlympicMobiuz» klubida to’p tepib kelayotgan edi.
photo: Qizilqum FK
G’iyosjon Rizaqulov yana «Qizilqum» ga qaytdi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.
"Yaqinda Saudiya Arabistoni davlati mezbonlik qilgan U-23 Osiyo kubogida terma jamoamiz tarkibida ishonchli harakat qilgan iqtidorli himoyachi G’iyosjon Rizaqulov endilikda “oltin izlovchilar” sharafini himoya qiladi. Futbolchi 2023-yildan beri ijara asosida Toshkentning «OlympicMobiuz» klubida to’p tepib kelayotgan edi.
G’iyosjonga jamoamizdagi faoliyatida ulkan zafarlarni tilab qolamiz!",-deb yoziladi Qizilqum rasmiy sahifasida
Ibrohim Jalolov
Redaktor