Gimaraes: «Men chempion bo‘lishni va «Arsenal» tarixining bir qismiga aylanishni istayman»
Braziliya milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Bruno Gimaraes Londonning «Arsenal» klubiga o‘tishi va jamoadagi dastlabki faoliyati haqida fikr bildirdi.
28 yoshli futbolchi avgust oyida «kanonirlar» safiga qo‘shilgan. London klubi Gimaraes transferi uchun «Nyukasl»ga 87 million yevrodan ortiq mablag‘ to‘lagan.
«Men chempion bo‘lishni va klub tarixining bir qismiga aylanishni istayman. “Arsenal”dagi yo‘lim yaxshi boshlandi. Menimcha, hammasi yaxshi ketyapti. Juda xursandman va oldimda turgan yangi chaqiriqlardan ruhlanganman.
“Arsenal”da o‘ynash — katta mas’uliyat. Avval aytganimdek, men bu qadamni tashlashni juda xohlagandim», — dedi Gimaraes matbuot anjumanida.
Braziliyalik futbolchi Mikel Arteta shogirdlari safida hozirga qadar 6 ta uchrashuvda 1 ta gol urgan.