Gimaraes: «Bu «Arsenal» ko‘rsatishi kerak bo‘lgan daraja emas»
«Arsenal» yarim himoyachisi Bruno Gimaraes Premyer-liganing 6-turida «Brayton»ga qarshi uchrashuvdagi 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Chaykalar» «kanonirlar»ga joriy mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini taqdim etdi. Shuningdek, bu Mikel Arteta shogirdlarining so‘nggi uch yarim yil ichida Premyer-ligadagi ilk yirik mag‘lubiyati bo‘ldi.
«Biz «Arsenal» safida o‘ynayotganimizda ko‘rsatishimiz kerak bo‘lgan daraja bu emasligini bilamiz. Bunday holat yana takrorlanmasligi uchun yanada qattiqroq mehnat qilamiz», — deb yozdi braziliyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda.
«Arsenal» ayni vaqtda 12 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Londonliklar to‘plar nisbati bo‘yicha «Manchester Siti»dan ortda qolmoqda. Biroq «shaharliklar»ning bitta zaxira o‘yini bor.