Germaniya terma jamoasining Millatlar ligasi uchun tarkibi e'lon qilindi
Germaniya terma jamoasining UEFA Millatlar Ligasi yakuniy uchrashuvlari uchun tarkibi ma’lum bo‘ldi.
Nagelsmann boshchiligidagi terma jamoa 4 iyun kuni yarim finalda Portugaliya bilan maydonga tushadi, 8 iyun kuni esa uchinchi o‘rin uchun bahs va turnir finali bo‘lib o‘tadi.
Darvozabonlar: Oliver Baumann ("Hoffenhaym"), Aleksandr Nyubel ("Shtutgart"), Mark-Andre ter Shtegen ("Barselona").
Himoyachilar: Robert Andrix ("Bayer"), Valdemar Anton ("Borussiya" Dortmund), Yann Aurel Bissekk ("Inter"), Joshua Kimmix ("Bavariya"), Robin Kox ("Ayntraxt"), Maksimilian Mittelshteydt ("Shtutgart"), David Raum ("Leyptsig"), Jonatan Ta ("Bayer").
Yarim himoyachilar: Karim Adeyemi ("Borussiya" Dortmund), Nadim Amiri ("Maynts"), Tom Bishof ("Hoffenhaym"), Serj Gnabri ("Bavariya"), Leon Goretzka ("Bavariya"), Robin Gosens ("Union"), Paskal Gros ("Borussiya" Dortmund), Feliks Nmecha ("Borussiya" Dortmund), Aleksandar Pavlovich ("Bavariya"), Leroy Sane ("Bavariya"), Angelo Shtiller ("Shtutgart"), Florian Virts ("Bayer").
Hujumchilar: Niklas Fyullkrug ("Vest Xem Yunayted"), Deniz Undav ("Shtutgart"), Nik Voltemade ("Shtutgart").