Germaniya kubogi. «Bavariya» «Bayer»dan ustun kelib, finalga chiqdi
Keyn va Dias gol urdi.
ФОТО: Getty images
Germaniya kubogining birinchi yarimfinalida "Bayer" o‘z maydonida Bundesliga chempioni "Bavariya"ga minimal hisobda mag‘lub bo‘ldi.
Myunxen klubi safida gollar Harry Keyn va Luis Dias hisobiga yozildi. “Bavariya” shu tariqa, final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Kompani jamoasining finaldagi raqibi 23 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan “Shtutgart” va “Frayburg” o‘rtasidagi ikkinchi yarimfinalda aniqlanadi.
Germaniya kubogi. Yarim final
Bayer — Bavariya 0:2
Gollar: Keyn (22), Dias (90+3).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist