locale OZ

Germaniya Bundesligasining 2-turida «Shalke 04» o‘z maydonida «Bavariya»ni qabul qildi

«Feltins-Arena» stadionida kechgan bahs 0:0 hisobida yakunlandi.
Germaniya Bundesligasining 2-turida «Shalke 04» o‘z maydonida «Bavariya»ni qabul qildi
photo: gettyimages
Bundesliga Germaniya
05.09.2026, Yak.
Schalke 04
0
Bavariya
0

Germaniya Bundesligasining 2-turida «Shalke 04» o‘z maydonida «Bavariya»ni qabul qildi. «Feltins-Arena» stadionida kechgan bahs 0:0 hisobida yakunlandi.

Uchrashuv davomida jamoalar bir nechta imkoniyatlarga ega bo‘lishiga qaramay, darvozalar ishg‘ol qilinmadi. «Bavariya» ikkinchi bo‘limda hujumdagi faolligini oshirib, Harri Keyn va Jamal Musialani ham maydonga tushirdi, biroq bu o‘zgarishlar hisobni o‘zgartirish uchun yetarli bo‘lmadi.

Yakunda «Shalke 04» va «Bavariya» bir ochkodan qo‘lga kiritdi.

Bundesliga. 2-tur
Shalke 04 — Bavariya 0:0
Ogohlantirishlar:
Ebimbe 31, Upamekano 35, Pavlovich 72, Katich 73.

Shalke 04: Karius, Bekker, Katich, Kuruchay (Vyober, 74), Gosens (Vitaliy Bekker, 65), El Fauzi, Ebimbe (Ayxan, 65), Tanaka, Lyubichich (Vozar, 74), Aushish (Karaman, 84), Silla.

Bavariya: Noyer, Laymer, Upamekano, Devis, Ta, Kimmix, Pavlovich (Bishof, 74), Dias, Saybari (Olise, 57), Karl (Musiala, 57), Braun (Keyn, 46).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting