«G‘azalkent» Turkiyada bir oy yig‘in o‘tkazib, 8 ta nazorat uchrashuvida ishtirok etadi
Jamoa 4 fevraldan 4 martgacha Antaliyada bo‘lib, yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘radi.
Фото: Ғазалкент ПФК
Yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko‘rayotgan "G‘azalkent" jamoasi o‘z tarixida birinchi bor o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini xorijda o‘tkazadi. Shu maqsadda, jamoa ertaga Turkiyaning Antaliya shahriga jo‘nab ketadi.
Jamoa 4 fevraldan 4 martgacha Antaliyada bo‘lib, yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘radi. U yerda futbolchilar jismoniy va taktik holatini yaxshilash ustida ishlaydilar.
Shuningdek, yig‘in davomida bir qator xorijiy klublar bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist