locale OZ

Gattuzo: «2-o‘ringa ko‘tardik, lekin bu hali hech narsani anglatmaydi»

Italiyalik ustozi Estoniyaga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gattuzo: «2-o‘ringa ko‘tardik, lekin bu hali hech narsani anglatmaydi»
ФОТО: Getty images

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo JCh-2026 saralashidan o‘rin olgan Estoniyaga (3:1) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Saralash bosqichida oddiy o‘yinlar bo‘lmaydi va estoniyaliklar bugun katta istak bildirishdi, bor kuchlarini berib kurashishdi va ko‘p yugurishdi. Biz esa shiddat bilan o‘ynashda davom etdik. Vaziýatlardan yana-da yaxshiroq foydalanishimiz mumkin edi, lekin men bundan xavotirlanmayman. Men hammasidan juda mamnunman. Hozir biz guruhda ikkinchi o‘ringa ko‘tardik, ammo bu hali hech narsani anglatmaydi. Qandaydir yutuqlar haqida faqat saralash oxirida gapirish mumkin," — deya Gattuzoning so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting