Gasperini «Roma»ning mag'lubiyatiga munosabat bildirdi
"Roma" 33 ochko bilan beshinchi o'rinda qoldi.
ФОТО: Getty images
"Roma" bosh murabbiyi Jan-Piero Gasperini A Seriya 18-turidan o‘rin olgan “Atalanta”ga qarshi (0:1) o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Har qanday holatda ham yaratilgan vaziyatlarimizdan mamnunman. “Atalanta”ga qarshi o‘ynash oson emas. Ammo biz ham raqibdan kuchsiz ko‘rinmadik. Ayrim joylarda omadimiz kelmadi. Keyingi o‘yinlarga e’tibor qaratamiz”, — deya Gasperinining so‘zlaridan keltiradi Sky Sport Italia.
Ma’lumot uchun, "Roma" 33 ochko bilan beshinchi o‘rinda qoldi. "Atalanta" sakkizinchi pog‘onaga ko‘tarildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist