Gasperini: «Natija va o‘yindan juda xursandman»
Rim derbisida "Roma" kichik hisobda g‘alaba qozondi.
ФОТО: Getty images
"Roma" bosh murabbiyi Jan Piero Gasperini A Seriyaning 5-turidan o‘rin olgan "Latsio"ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Poytaxt derbisi uning jamoasining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
"Men o‘yinchilarni mashg‘ulotlarda ko‘raman, Pellegrini qanday harakat qilganini va ishlaganini kuzatib boraman.
Shuning uchun uni bugun asosiy tarkibga kiritishimga shubham yo‘q edi. Men derbidagi natijadan va o‘yindan juda xursandman", – dedi Gasperini.
Eslatib o‘tamiz, “Roma” turnir jadvalida 9 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist