locale OZ

Gasperini: «Ertalab uyg'onishni va Kolizeyni ko'rishni yaxshi ko'raman»

“Roma” A Seriyada 24 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gasperini: «Ertalab uyg'onishni va Kolizeyni ko'rishni yaxshi ko'raman»
ФОТО: Getty images

"Roma" bosh murabbiyi Jan Piero Gasperini Rimda ertalab uni nimadan ilhomlantirayotganini tushuntirib berdi.

"Men ertalab uyg'onishni va Kolizeyni ko'rishni yaxshi ko'raman – bu, albatta, kunni boshlashning yaxshi usuli", – deya Gasperinining so'zlarini keltiradi jurnalist Janluka Di Marsio o'z veb-saytida.

Ma'lumot uchun, “Roma” bosh murabbiyi Italiya A seriyasida oktyabr oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Italiya chempionatining 11-turidan keyin “Roma” 24 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. “Inter” ham xuddi shunday ochkolar bilan jadvalda peshqadamlik qilmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting