Gasperini: «Birinchi o‘yin har doim ham oson kechmaydi»
Фото: Getty Images
Italiya A Seriyasi 1-turidan o‘rin olgan “Roma” va “Bolonya” uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Jan-Pyero Gasperini o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi
“Bu g‘alaba bilan futbolchilarni tabriklayman. Birinchi o‘yin har doim ham oson kechmaydi. To‘g‘risi, bu o‘yinda ko‘p yaxshi narsalarni ko‘rdim va muxlislar buni qadrlashdi. Bundan esa quvonish mumkin.
Biroz aniqroq bo‘lganimizda, ikkinchi golni urib, o‘yinni hotirjamroq yakunlashimiz mumkin edi," - dedi Gasperini.
Eslatib o‘tamiz, “Bolonya”ga qarshi uchrashuvda rimliklar safida yagona gol Uesli Fransa tomonidan kiritildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist