locale OZ

Garnachoga APL klublari qiziqish bildirmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Garnachoga APL klublari qiziqish bildirmoqda
Photo: Getty Images

"Manchester Yunayted" vingeri APLning boshqa klubiga o'tmoqchi. Bu haqda The Mirror xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Alejandro Garnacho bu yozda klubini o'zgartirishi mumkin, chunki u endi Ruben Amorimning kelajak rejalari tarkibiga kirmaydi.

Argentinalik futbolchi "Chelsi"ga o'tmoqchi, biroq "ko'klar" uning 40 million funt sterlinglik narxini inobatga olib, uning transferi borasida muzokaralarga shoshilmayapti.

Avvalroq Garnachoga "Napoli" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Alejandro Garnacho 2024/25 yilgi mavsumda “Manchester Yunayted” safida 58 ta o'yinda 11 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting