Garnacho kelajagi borasida bir qarorga keldi
Фото: Getty Images
"Manchester United" futbolchisi Alejandro Garnacho faoliyatini faqatgina "Chelsea"da davom ettirmoqchi. Bu haqida Sky Sports xabar berdi.
Manbaga ko'ra, argentinalik futbolchiga Saudiya va Italiya jamoalari ham qiziqish bildirmoqda. Biroq u London klubidan boshqa hech bir jamoaga o'tmasligini ma'lum qilgan.
Agar ushbu kelishuv amalga oshmasa, 22 yoshli futbolchi yil davomida zahirada o'tirishga ham tayyorligini bildirgan.
Eslatib o'tamiz, Garnacho "Chelsea" bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan. "Ko'klar" futbolchining transferi uchun 30 million funtdan ko'p bermoqchi emas.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist