Gari Nevill: \"Argentina finalda go‘yo bir qop axlatdek o‘ynadi\"
Angliya terma jamoasining sobiq himoyachisi va taniqli futbol eksperti Gari Nevill 2026-yilgi Jahon chempionati finalida Argentina terma jamoasi o‘yinini keskin tanqid qildi.
Nevillning fikricha, Lionel Skaloni shogirdlari hal qiluvchi bahsda o‘z darajasidan ancha past o‘yin namoyish etgan. U jamoaning harakatlarini juda keskin so‘zlar bilan baholab, Argentina maydonda mutlaqo o‘ziga o‘xshamaganini ta'kidladi.
"Argentina go‘yo bir qop axlatdek o‘ynadi. Ular finalda o‘z futbolini umuman namoyish eta olishmadi", — dedi Nevill.
Ekspertning ta'kidlashicha, Ispaniya uchrashuv davomida o‘yinni to‘liq nazorat qilgan va g‘alabaga haqli ravishda erishgan. Uning fikricha, Argentina esa bosim ostida o‘zining eng yaxshi sifatlarini namoyon eta olmadi.
Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi Jahon chempionati finalida Ispaniya qo‘shimcha bo‘limlarda Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixidagi ikkinchi jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.