locale OZ

Gana TIV rahbari Tomas Parti bilan bogʻliq viza mojarosi yuzasidan bayonot berdi

Avvalroq futbolchiga Kanada viza bermagandi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Gana TIV rahbari Tomas Parti bilan bogʻliq viza mojarosi yuzasidan bayonot berdi
FOTO: Getty Images

Gana tashqi ishlar vaziri Samuel Okudzeto Ablakva Kanada hukumati tomonidan milliy terma jamoa yarimhimoyachisi Tomas Partiga JCh-2026'da ishtirok etish uchun viza berish rad etilgani munosabati bilan rasmiy bayonot eʼlon qildi.

«Gana Respublikasi hukumati Kanada tomonining Gana fuqarosi, futbol boʻyicha 2026-yilgi Jahon chempionati ishtirokchisi va milliy terma jamoamizning asosiy oʻyinchisi janob Tomas Partiga vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma berishni rad etish haqidagi asossiz va oʻta adolatsiz qaroridan chuqur xavotirda ekanini bildiradi.

Bizga maʼlum qilishlaricha, Kanadaning Immigratsiya, qochqinlar va fuqarolik masalalari boʻyicha boshqarmasi ushbu qarorni Kanada immigratsiya va qochqinlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun bandiga muvofiq qabul qilgan.

Taxminlarga koʻra, mazkur qaror Buyuk Britaniyada hali yakuniga yetmagan hamda hech qanday ayblov hukmi yoki sud tomonidan aybdorlikni aniqlash faktisiz qolayotgan jinoiy ish jarayoniga asoslangan.

Gana hukumati demokratik jamiyatlarda adolat va tegishli huquqiy tartib-taomillarning poydevori hisoblangan aybsizlik prezumpsiyasi degan fundamental huquqiy tamoyilni yana bir bor tasdiqlaydi.

2026-yil 11-iyun kuni Gana tashqi ishlar vazirligi Kanadaning Xalqaro aloqalar boʻlimiga rasmiy norozilik notasini yubordi. Notada, shuningdek, Kanadadan ushbu muvaffaqiyatsiz qarorni qayta koʻrib chiqish soʻralgan», — deyiladi xabarda.

Bayonotda taʼkidlanishicha, ayni damda Ablakva kanadalik siyosatchilar bilan qoʻshimcha muzokaralar olib bormoqda.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting