Gamper kubogi. «Barselona» «Komo»ni yirik hisobda mag'lub etdi
Photo: Getty Images
Kataloniyaning "Barselona" klubi Joan Gamper kubogida g'olib chiqdi.
Final bahsida Flik shogirdlari "Komoni" qabul qilib, 5:0 hisobida g'alaba qozondi.
Fermin Lopes va Lamin Yamal dublga erishgan bo‘lsa, yana bir gol Rafin'ya hisobiga yozildi.
Shu tariqa, kataloniyaliklar an'anaviy turnirda yana g‘alaba qozondi.
Eslatib o'tamiz, Gamper kubogi har yili "Barselona" shafoeligida o'tkaziladigan o'rtoqlik turniri hisoblanadi. Musobaqa kataloniyaliklarning afsonaviy prezidenti Joan Gamper sharafiga nomlangan.
Gamper kubogi
"Barselona" 5-0 "Komo"
Gollar: Lopes 21,35, Rafin'ya 37, Yamal 42, 47.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist