locale OZ

“Galatasaroy” Sanega qancha maosh taklif qilayotgani ma’lum

Futbolchi "Bavariya"ni tark etishi mumkin
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Galatasaroy” Sanega qancha maosh taklif qilayotgani ma’lum
Photo: Getty Images

“Bavariya” vingeri Leroy Sane faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.

Qayd etilishicha, "Galatasaroy" 29 yoshli futbolchi uchun yiliga 10 million yevrolik shartnoma taklif qilgan.

Unga APL klublari ham, “Napoli” ham qiziqish bildirmoqda. Myunxen klubi hali ham futbolchi bilan shartnomani uzaytirishga umid qilmoqda va muzokaralarning yangi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Amaldagi kelishuv shu yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

O‘tgan mavsumda Sane Bundesligada 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting