locale OZ

\"Galatasaray\" Gündog'anga taklif tayyorlamoqda

U Turkiyaga yo'l olishi mumkin
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Galatasaray" Gündog'anga taklif tayyorlamoqda
Photo: Getty Images

"Manchester City" yarim himoyachisi Ilkay Gündogan Turkiyaning "Galatasaray" klubi qiziqish doirasida. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.

Manbaga ko'ra, turkiyalik klub 34 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olishni istamoqda. Biroq tomonlar hozircha hech qanday muzokara o'tkazgani yo'q.

Gündogan bor e'tiborini klublar o'rtasidagi jahon chempionatiga qaratgan.

O'tgan mavsumda germaniyalik yarim himoyachi barcha musobaqalarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting