«Galatasaray» Akanji uchun 17 mln yevro taklif qildi
Фото: Getty Images
“Manchester City” himoyachisi Manuel Akanji faoliyatini “Galatasaray”da davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, turk klubi shveytsariyalik futbolchining transferi uchun 17,3 million yevro taklif qilgan. Ingliz klubi esa hozircha hech qanday javob bergani yo‘q.
Biroq “Galatasaray” rahbariyati Akanji borasida kelishuvga erishishiga to‘liq ishonmoqda. Klub shu haftada barcha rasmiy ishlarni yakunlashni rejalashtirgan.
Bahrom Bobonov
Redaktor