locale OZ

Gakpo «Liverpul»da qolishi mumkin

Bu haqda jurnalist Aleks Kruk xabar berdi.
Gakpo «Liverpul»da qolishi mumkin
ФОТО: Getty images

"Liverpul" vingeri Kodi Gakponing boshqa klubga o‘tishi amalga oshmasligi mumkin. Bu haqda jurnalist Aleks Kruk xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Bradli Barkolaning kutilayotgan transferi Gakponing "Tottenxem", "Manchester Siti" yoki boshqa klubga o‘tishini anglatmaydi.

Mersisaydliklar Kodi Gakponi faqat 1 sentyabr kuni yopiladigan transfer oynasiga qadar yana bir vinger bilan shartnoma imzolay olgan taqdirdagina qo‘yib yuborishga tayyor.

Ma’lumot uchun, "Liverpul" 29 avgust kuni Angliya Premyer-ligasining 2-turida o‘z maydonida "Nottingem Forest"ni qabul qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting