locale OZ

Gabon terma jamoasi faoliyatini to‘xtatdi

Milliy jamoaning Afrika Millatlar Kubogidagi o‘ta muvaffaqiyatsiz natijalari "sharmandali" deb topildi va murabbiylar bilan futbolchilar tarqatib yuborildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gabon terma jamoasi faoliyatini to‘xtatdi
photo: Google

Gabon terma jamoasi faoliyatini to‘xtatdi.

Milliy jamoaning Afrika Millatlar Kubogidagi o‘ta muvaffaqiyatsiz natijalari "sharmandali" deb topildi va murabbiylar bilan futbolchilar tarqatib yuborildi.

Turnirning guruh bosqichida Gabon terma jamoasi uchta o‘yinda uchta mag‘lubiyatga uchradi va birorta ham ochko to‘play olmadi. Natijada terma jamoa faoliyati noma’lum muddatga to‘xtatildi, murabbiylar shtabi tarqatib yuborildi, tarkibni shakllantirish tamoyillari qayta ko‘rib chiqilishi, jumladan, bir qator tajribali o‘yinchilar (jumladan, Per-Emerik Obameyang va Bruno Ekuele Manga) xizmatidan voz kechilishi mumkinligi e’lon qilindi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting