Fyullkrug faoliyatini «Volfsburg»da davom ettirishi mumkin
Angliyaning «Vest Hem» klubi hujumchisi Niklas Fyullkrug faoliyatini Germaniyaning «Volfsburg» jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sky Sport xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Niklas Fyullkrug, uning vakillari va «Volfsburg» o‘rtasidagi muzokaralar hozircha davom etmoqda. Qishki transfer oynasida futbolchining «Volfsburg»ga ijara asosida o‘tishi ehtimoldan xoli emas. Germaniya klubi hujumchini vaqtincha tarkibga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
Biroq «Vest Hem» futbolchini Italiya klublaridan biriga sotish variantini afzal ko‘rmoqda. Londonliklar hanuzgacha doimiy transferni talab qilmoqda yoki kamida majburiy sotib olish bandi bilan ijara kelishuvi tuzilishini istamoqda.
Joriy mavsumda Fyullkrug «Vest Hem» safida barcha musobaqalarda 9 ta uchrashuvda maydonga tushgan, biroq hozircha samarali harakatlar bilan ajralib turgani yo‘q.