locale OZ

Futzal. Yarim final juftliklari aniqlandi

Bahslarning ikkinchi kuni chorak final bahslarini SQB hamda “”Oil Star” jamoalari boshlab berishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. Yarim final juftliklari aniqlandi
photo: UFF

Jizzax shahridagi viloyat futbol akademiyasi sport zalida ikki kun mobaynida O‘zbekiston kubogi-2026 musobaqasining chorak final uchrashuvlari o‘tkazildi va yarim finalda kuch sinashuvchi juftliklar nomi aniqlandi.

Bahslarning ikkinchi kuni chorak final bahslarini SQB hamda “”Oil Star” jamoalari boshlab berishdi. To‘rning chap qismidan finalga chiqishga asosiy da’vogar sanalgan mazkur jamoalar qarama qarshiligi poytaxt bankchilarining ustunligi ostida o’tdi va ular yirik hisobda g’alaba qozonishdi.

Ikkinchi chorak finalda esa “Lokomotiv” hamda “Nasaf” jamoalari kuch sinashdi. Mazkur raqobatda yarim final bahslarini qabul qiluvchi Qarshi shahri jamoasi ortiqcha qiyinchiliksiz zafar quchdi.

Shunday qilib, 18-19-may sanalarida Qarshi shahridagi “Geolog” sport majmuasida o‘tuvchi yarim final bahslarida muxlislar “Maksam-Chirchiq” – SQB, “BMB PFC” – “Nasaf” qarama qarshiligini kuzatishadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting