locale OZ

Futzal. Xorazm — ikkinchi turda 100 foizlik natija qayd etgan yagona jamoa

Birinchi chempion izdoshlari sovrinli o’rinlarga yaqqol da`vogarlik qilmoqda
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. Xorazm — ikkinchi turda 100 foizlik natija qayd etgan yagona jamoa
photo: UFF

Xorazm — ikkinchi turda 100 foizlik natija qayd etgan yagona jamoa

Birinchi chempion izdoshlari sovrinli o’rinlarga yaqqol da`vogarlik qilmoqda

Futzal bo‘yicha mamlakat XXX milliy chempionati — Oliy liganing 2-tur uchrashuvlari jamoalar o‘rtasidagi kuchlar nisbati tobora tenglashib borayotganini yana bir bor namoyish etdi. Tur doirasida o‘tkazilgan 18 ta uchrashuvning deyarli barchasida keskin kurash va kutilmagan natijalar kuzatildi.

Ikkinchi turda darvozalar 115 bor ishg‘ol qilindi. Bu ko‘rsatkich birinchi turdagi natijadan bitta golga ko‘p. Birinchi turda bo‘lgani kabi, 2-turda ham uchta uchrashuv durang bilan yakunlandi.

Turni mamlakatimizning ilk chempionlari — “Ro‘zmat Madaminov” izdoshlari “Xorazm” jamoasi nihoyatda muvaffaqiyatli o‘tkazdi. “Ardus” hamda OKMK jamoalari bilan chempionlikni qo‘lga kiritgan tajribali mutaxassis Aleksandr Petrov Urganch jamoasiga ham g‘oliblik ruhini singdirayotganini natijalar yaqqol ko‘rsatmoqda.

Urganchliklar 2-turdagi barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonib, 9 ochko jamg‘arishdi. Shu tariqa “Xorazm” tur davomida 100 foizlik natija qayd etgan yagona jamoaga aylandi va turnir jadvalida yuqori pog‘onalardan birini egallab turibdi.

Ikkinchi turda muxlislar qator keskin va murosasiz uchrashuvlarning guvohi bo‘lishdi. Aksariyat bahslarda jamoalardan biri atigi bir to‘p farqi bilan g‘alaba qozongani, uchrashuvlardagi intriga esa so‘nggi soniyalargacha saqlanib qolgani bunga yaqqol misoldir.

Turning markaziy uchrashuvi amaldagi chempion BMB PFC hamda 2026-yilgi mavsumning ilk sovrini — O‘zbekiston Superkubogi sohibi bo’lgan SQB PFC o‘rtasida kechdi. Mazkur bahsda jizzaxliklar 5:2 hisobida g‘alaba qozonib, Superkubokdagi mag‘lubiyat uchun revansh olishdi.

Ikkinchi tur yakuniga ko‘ra chempionatda ochkosiz jamoa qolmadi. Liga debyutanti “Zarafshon” ilk ochkosini voha derbisida “Samarqand”ga qarshi uchrashuvda qo‘lga kiritdi. Birinchi turda mag‘lubiyatga uchramagan “Nurafshon” va “Olmaliq” esa 2-turda dastlabki mag‘lubiyatlarini qabul qilib olishdi.

Ikki tur yakunlariga ko‘ra esa faqat amaldagi chempion BMB PFC mag‘lubiyat nimaligini bilmay turibdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting