locale OZ

Futzal. Tohirbek Abdukarimov — to‘purarlar poygasi peshqadami

Toshkent viloyati vakili chempionatdagi 6 ta uchrashuvda raqiblari darvozasiga 9 ta gol urdi.
Futzal. Tohirbek Abdukarimov — to‘purarlar poygasi peshqadami
photo: UFF

Tohirbek Abdukarimov — to‘purarlar poygasi peshqadami.

Futzal bo‘yicha mamlakat XXX milliy chempionati — Oliy liga bahslarining 2-turidan so‘ng to‘purarlar poygasida “Maksam-Chirchiq” hujumchisi Tohirbek Abdukarimov yakka peshqadamlikni qo‘lga kiritdi.

Toshkent viloyati vakili chempionatdagi 6 ta uchrashuvda raqiblari darvozasiga 9 ta gol urdi. Tohirbek 2-tur doirasida BMB PFCga qarshi bahsda poker qayd etdi.

2-o‘rin — Doniyorbek Amanbayev (BMB PFC) — 8ta gol.

3–4-o‘rinlar:
🇧🇷 Sampaio Dos Santos Filho (SQB PFC) — 7ta gol
🇧🇷 Felix Melo Neto (“Sayxun”) — 7 ta gol

6 ta gol:
• Muzaffar Ahadjоnov (“Xorazm”)
• Ixtiyor Ropiyev (“Nasaf”)
• Dilmurod Shavkatov (“Lochin”)

5 ta gol:
• Luis Ribeiro Junior Edison (SQB PFC)
• Eldor Nigmatov (“Xorazm”)
• Daniil Ilin (“Xorazm”)
• Henrike Souares (“Xorazm”)

4 ta gol:
• Shahram Faxriddinov (BMB PFC)
• Hebbert Oliveyra Bolt (SQB PFC)
• Mohsin Lotfi (“Nurafshon”)
• Akbar Usmonov (“Lochin”)
• Quvonchbek Jahonov (“Nasaf”)
• Mehri Gholizadeh (“Olmaliq”)
• Doniyor Saidov (“Nurafshon”)

To‘purarlar poygasida kurash tobora qizimoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting