Futzal. O‘zbekiston XXX milliy chempionati — Oliy liga
O‘zbekiston XXX milliy chempionati — Oliy liga
1-turning 6-kuni: bugun yana 3 ta uchrashuv!
Jizzax shahridagi Viloyat futbol akademiyasi sport zalida futzal bo‘yicha O‘zbekiston XXX milliy chempionati — Oliy liga 1-tur bahslari davom etmoqda.
Bugun, turning oxirgi — 6-o‘yin kunida, muxlislarni uchta qiziqarli uchrashuv kutib turibdi!
15:00
"Samarqand" va “Sayxun”
Samarqand — Guliston
17:00
“Nasaf” va “BMB PFC”
Qarshi — Jizzax
19:00
“Lochin” va “Olmaliq”
Namangan — Toshkent viloyati
Barcha uchrashuvlarni O‘FFning rasmiy YouTube kanali orqali jonli efirda kuzating!
Shuningdek, uchrashuvlardagi tezkor ma’lumotlar, gollar va muhim voqealarni @Futsal_Uzbekistan Telegram kanalimizdagi matnli translyatsiyalar orqali kuzatib boring.
Eslatma: O‘FF tomonidan o‘tkazilayotgan barcha musobaqalarga kirish mutlaqo bepul!
Sport majmuasiga keling, futzal shiddatidan bahramand bo‘ling va sevimli jamoangizni qo‘llab-quvvatlang!