locale OZ

Futzal. O‘zbekiston futzal terma jamoasi nazorat uchrashuvida g‘alaba qozondi!

erma jamoamiz 20-yanvarga qadar tayyorgarlik mashg‘ulotlarini mamlakatimizda davom ettiradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. O‘zbekiston futzal terma jamoasi nazorat uchrashuvida g‘alaba qozondi!
photo: UFF

O‘zbekiston futzal terma jamoasi nazorat uchrashuvida g‘alaba qozondi!

Osiyo kubogi–2026 final bosqichiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston milliy futzal terma jamoasi O'FAga qarashli Terma jamoalar markazida Quvayt terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.

Yopiq eshiklar ortida o‘tgan bahsda hamyurtlarimiz 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Gollar: Elbek To‘lqinov, Sunnatilla Jo‘rayev, Ixtiyor Ropiyev.

Terma jamoamiz 20-yanvarga qadar tayyorgarlik mashg‘ulotlarini mamlakatimizda davom ettiradi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting