locale OZ

Futzal. Osiyo kubogi-2026 saralashi. Falastin haqida nimalarni bilasiz?

Falastin terma jamoasi Osiyo kuboklarida 3 marta ishtirok etgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. Osiyo kubogi-2026 saralashi. Falastin haqida nimalarni bilasiz?
Фото: Ўзбекистон футзали

Bugun O‘zbekiston futzal terma jamoasi Osiyo kubogi-2026 saralash bahslarini boshlaydi. Vakillarimiz soat 15:00'da Falastinga qarshi bahs olib boradi. Quyida raqibimizga oid ayrim faktlar bilan tanishib chiqing.

Futzal bo‘yicha Falastin terma jamoasi ayni paytda FIFA reytingida 119-o‘rinda bormoqda. Jamoa Falastin futbol assotsiatsiyasi tasarrufida faoliyat yuritadi.

Falastin futzal terma jamoasi ilk rasmiy uchrashuvini 1998 yilning 6 dekabr sanasida Misr terma jamoasiga qarshi o‘tkazib, 5:9 hisobida imkoniyatni boy bergan.

Falastinliklarning xalqaro maydonlardagi eng yirik hisobli g‘alabasi 2005 yilning 28 may sanasida Guamga qarshi o‘yinda qayd etilgan – 14:0.

Eng yirik hisobdagi mag‘lubiyati esa – 1:19. Falastinliklar 2012 yilning 29 aprel sanasida Eron terma jamoasiga shunday hisobda imkoniyatni boy bergan.

Falastin terma jamoasi Jahon chempionati bahslariga chiqmagan. Osiyo kubogi musobaqasi saralash bahslarida 1999 yildan ishtirok etib kelayotgan bo‘lsa, 3 marta final bosqichiga yo‘llanma olgan. 2001 yilgi Osiyo kubogida Falastin terma jamoasi chorak finalgacha yetib borgan. 2003- hamda 2005-yilgi Osiyo kuboklarida guruh o‘yinlari bilan kifoyalangan. 2006-yildan buyon esa 10 ta Osiyo kubogining saralash bahslaridan o‘ta olmagan.

O‘zbekiston va Falastin terma jamoalarining yo‘li Osiyo kubogi final bosqichida bir marta kesishgan. 2005-yilgi Osiyo kubogi guruh bosqichidagi o‘yinda O‘zbekiston raqibni yirik – 9:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.

O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo kuboklarida 17 marta ishtirok etib, 91 ta o‘yinda maydonga chiqqan: 60 g‘alaba, 8 durang, 23 mag‘lubiyat. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 379:226, +153. 188 ochko jamg‘arilgan.

Falastin terma jamoasi Osiyo kuboklarida 3 marta ishtirok etib, 15 ta o‘yinda maydonga chiqqan: 9 ta g‘alaba, 6 ta mag‘lubiyat. To‘plar farqi – 101:70, +31. Jamg‘arilgan ochkolar – 27 ta.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting