locale OZ

Futzal. Oliy liga–2025/2026: yubiley gollar xronikasi

Chempionatdagi 300-gol Qarshining “Nasaf” jamoasi legioneri Ernest Saipidinov tomonidan kiritildi. U 3-turda BMB jamoasiga qarshi uchrashuvning 15-daqiqasida yubiley gol muallifi bo‘ldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. Oliy liga–2025/2026: yubiley gollar xronikasi
photo: UFF

Futzal ishqibozlari Oliy liga–2025/2026 mavsumining ilk 6 ta turi davomida bir qator o‘ziga xos yubiley gollariga guvoh bo‘lishdi. Qisqa vaqt ichida yuzlab gollar kiritilishi joriy mavsumning sermahsul kechayotganini yana bir bor tasdiqlamoqda.

Jumladan, chempionatdagi 100-gol 1-tur doirasida bo‘lib o‘tgan “Dinamo” — “Qizilqum” uchrashuvining 30-daqiqasida qayd etildi. Uning muallifi navoiyliklar hujumchisi Alayor Sadirov bo‘ldi.

200-gol muallifi ham “Qizilqum” jamoasi safida harakat qiluvchi o‘yinchi bo‘ldi. Navoiyliklarning braziliyalik legioneri Henrike Suares Gimaraesh 2-turdagi OKMK — “Qizilqum” bahsining 17-daqiqasida ushbu nishonni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Chempionatdagi 300-gol Qarshining “Nasaf” jamoasi legioneri Ernest Saipidinov tomonidan kiritildi. U 3-turda BMB jamoasiga qarshi uchrashuvning 15-daqiqasida yubiley gol muallifi bo‘ldi.

400-gol 4-tur doirasida o‘tkazilgan “Qizilqum” — “Surxon” uchrashuvida qayd etildi. Termizliklar jamoasi o‘yinchisi Shomansur Shobahromov 26-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol etib, ushbu yubileyni nishonladi.

500-golda ham “Qizilqum” jamoasi ishtirok etdi. Navoiyliklar darvozasiga SQB jamoasining braziliyalik hujumchisi Paxaro Simankis Xose Grigorio tomonidan uchrashuvning 15-daqiqasida kiritilgan gol yubiley sifatida qayd etildi.

Chempionatdagi 600-gol esa 6-turda Jizzax shahrida kuzatildi. OKMK — “Surxon” uchrashuvining 25-daqiqasida Toshkent viloyati jamoasi o‘yinchisi Fazliddin Botirov ushbu tarixiy gol muallifiga aylandi.

Endi esa milliy chempionatdagi navbatdagi yubiley — 700-golni poytaxt ishqibozlari tomosha qilishlari mumkin. Mazkur voqea 2026 yilning 7–12 yanvar kunlari “Yunusobod” sport majmuasida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi tur doirasida sodir bo‘lishi kutilmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting