locale OZ

Futzal. «Nurafshon» PFK yangi logotipini taqdim etdi

Yangi mavsumga tayyorgarlikni allaqachon boshlab yuborgan buxoroliklar klubning yangilangan brend konsepsiyasini tasdiqdan o'tkazishmoqda.
Futzal. «Nurafshon» PFK yangi logotipini taqdim etdi
photo: UFF

2026/2027-yilgi futzal mavsumidan boshlab mamlakat chempionatlarining ko'p karra sovrindori Buxoroning sobiq “Oil Star” jamoasi yangi nom — “Nurafshon” PFK sifatida musobaqalarda ishtirok etadi.

Yangi mavsumga tayyorgarlikni allaqachon boshlab yuborgan buxoroliklar klubning yangilangan brend konsepsiyasini tasdiqdan o'tkazishmoqda. Xususan, “Nurafshon” futzal klubining rasmiy logotipi tasdiqlandi va bu haqda O‘zbekiston futzal federatsiyasiga ma'lum qilindi.

Hurmatli kuzatuvchilar, tez orada "Nurafshon" PFK seleksiya faoliyati hamda jamoada ro'y berayotgan o'zgarishlarga oid ko‘plab muhim va qiziqarli yangiliklarni e`tiboringizga havola etamiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting