locale OZ

Futzal. Milliy jamoa Mendes boshchiligida birinchi yig‘inini boshlandi

Mashg’ulotlar O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Terma jamoalar markazi sport zalida olib boriladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. Milliy jamoa Mendes boshchiligida birinchi yig‘inini boshlandi
photo: UFF

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugundan e`tiboran yangi bosh murabbiy Xose Mariya Mendes boshchiligida yig’inga kirishdi. Mashg’ulotlar O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Terma jamoalar markazi sport zalida olib boriladi.

Murabbiylar shtabi mazkur yig‘inga 19 nafar futzalchini jalb etgan. Yig‘in davomida ispaniyalik mutaxassis terma jamoaga chaqirilgan yigitlar bilan yaqindan tanishish, ularning jismoniy va ruhiy holatini o’rganish, shuning barobarida nomzodlarning imkoniyat va salohiyati borasida dastlabki xulosalarga ega bo’lishni rejalashtirgan.

Quyida O‘zbekiston milliy terma jamoasining yig’iniga jalb etilgan futzalchilar ro’yxati bilan tanishing.

Darvozabonlar:
• Jasurbek Rizbonov (“Nasaf”)
• Abbos Elmurodov (“BMB PFC”)
• Abbos O‘lmasbekov (“BMB PFC”)
Himoyachilar:
• Ilhomjon Hamroyev (“Oil Star”)
• Mashrab Odilov (“BMB PFC”)
• Sunnatilla Jo‘rayev (“Nasaf”)
• Xayrulla Solixov (OKMK)
Qanot o‘yinchilari:
• Muhammadali Xusanboyev (“BMB PFC”)
• Shaxram Faxriddinov (OKMK)
• Muzaffar Abdukarimov (OKMK)
• Shohjahon Shonazarov (“Oil Star”)
• Abror Axmedzyanov (SQB)
• Daler Eshonqulov (“Dinamo”)
• Burhoniddin Sodiqov (“Lokomotiv”)
Hujumchilar:
• Muzaffar Ahadjonov (“BMB PFC”)
• Behruz Samiyev (“Oil Star”)
• Husniddin Nishonov (“BMB PFC”)
• Asilbek Vafoyev (“Nasaf”)

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting