locale OZ

Futzal. Guruh bosqichi bahslari yakunlanib, chorak finalchilar aniqlandi

Bosh sovrin uchun kurashni davom ettiradigan kuchli sakkiz jamoaning nomi ma’lum bo‘ldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. Guruh bosqichi bahslari yakunlanib, chorak finalchilar aniqlandi
photo: UFF

Jizzax shahridagi viloyat futbol akademiyasida o‘n kun mobaynida o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi-2026 musobaqasining guruh bosqichi bahslari poyoniga yetdi. Bosh sovrin uchun kurashni davom ettiradigan kuchli sakkiz jamoaning nomi ma’lum bo‘ldi.

Dastlabki besh kunlikda A hamda С guruhlaridan “Maksam-Chirchiq”, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi, BMB PFС hamda “Guliston” jamoalari pley-off bosqichidagi ishtiroklarini rasmiylashtirgani haqida xabar bergandik. May oyining dastlabki haftasida esa B hamda D guruhlaridan ham kurashni davom ettiradigan jamoalarning nomiga aniqlik kiritildi.

D guruhida jamoalar soni to‘rtta bo‘lganligi bois bahslar uch kun ichida yakunlandi. Oliy liganing uchta jamoasiga birinchilikning kumush medali sovrindorlari raqiblik qildi. Kutilganidek, elita vakillari – “Lokomotiv” hamda “Oil Star” chorak finalchiga aylandi. “Xorazm” esa “Qizilqum” bilan Oliy ligaga o‘tish uchrashuvi “repetitsiyasi”ni o‘tkazib oldi. Oliy liganing 11-chi jamoasi bilan Birinchi liganing ikkinchi jamoasi o‘rtasidagi “norasmiy to‘qnashuv”da tomonlar murosa ko‘chasini tanlashdi – 1:1. Ammo o‘tish uchrashuvida bu natija ikkala jamoani ham qanoatlantirmasligi aniq.

C guruhida esa ikki yo‘llanma uchun “Nasaf”, “Bunyodkor” hamda SQB jamoalari o‘rtasida murosasiz kurash kechdi. Qarshiliklar har ikkala raqiblari bilan jangovar durangga imzo chekishdi. “Qaldirg‘ochlar” esa “bankchi”larga yutqazib qo‘yib, pley-off yo‘llanmasidan quruq qolishdi.

Shunday qilib, 12-may sanasida BMB PFC jamoasi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasini imtihondan o‘tkazsa, “Maksam-Chirchiq” Oliy liga debyutanti “Guliston”ga qarshi parketga chiqadi. 13-may sanasida esa muxlislar SQB – “Oil Star”, “Lokomotiv” – “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi murosasiz raqobatning shohidiga aylanishadi. Chorak final o‘yinlari Jizzax viloyat futbol akademiyasi sport zalida soat 15:00 hamda 17:00 larda bo‘lib o‘tadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting