Futzal. Birinchi liganing 4-tur bahslari Jizzax shahrida bo‘lib o‘tadi
2025/2026-yilgi mavsum O‘zbekiston milliy birinchiligi — Birinchi liganing yakuniy tur bahslari sanasi va manzili ma’lum bo‘ldi.
photo: UFF
2025/2026-yilgi mavsum O‘zbekiston milliy birinchiligi — Birinchi liganing yakuniy tur bahslari sanasi va manzili ma’lum bo‘ldi.
Oliy ligaga yo‘llanma egasi hamda o‘tish uchrashuvida ishtirok etadigan jamoa nomi 24–26 mart kunlari Jizzax shahridagi viloyat futbol akademiyasi sport zalida bo‘lib o‘tadigan 4-tur o‘yinlarida aniqlanadi.
Shuni ta’kidlash joizki, uchrashuvlarni bevosita musobaqa o‘tadigan manzilda kuzatish imkoniga ega bo‘lmagan muxlislar uchun O‘zbekiston futzal federatsiyasi qulay sharoit yaratib beradi. Siz aziz futzal ishqibozlari barcha o‘yinlardan to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiyalarni O'FFning YouTube kanali orqali jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.
Ibrohim Jalolov
Redaktor