locale OZ

Futbolchilarning ekipirovka talablari bo‘yicha ogohlantirish

Bu chora 15 martdan boshlab amalga oshiriladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futbolchilarning ekipirovka talablari bo‘yicha ogohlantirish
Фото: UzFHM

Musobaqalar davomida futbolchilarning ekipirovkasi bo‘yicha talablar Futbol o‘yinlari qoidalari asosida qat’iy nazorat qilinadi.

Unga ko‘ra:

Futbolchining majburiy ekipirovkalari quyidagi qismlardan iborat:

- engli futbolka;
- shorti;
- getra (paypoq) — tashqi tomondan yopishtirilgan yoki unga o‘ralgan lenta yoki boshqa material getraning o‘sha qismi rangi bilan bir xil bo‘lishi kerak;
- shitkalar (shinguard) — ular maxsus materialdan tayyorlangan bo‘lishi, yetarli himoya ta’minlaydigan o‘lchamda bo‘lishi va getra bilan to‘liq yopilgan bo‘lishi kerak;
- shortikning tagidan kiyiladigan kiyim/triko shortikning asosiy rangi yoki quyi qismi rangi bilan bir xil bo‘lishi kerak va bitta jamoa o‘yinchilari bir xil rangdan foydalanishlari zarur.

Shu munosabat bilan jamoalardan futbolchilarning maydonga chiqishdan oldin ekipirovkalari belgilangan talablarga to‘liq mos bo‘lishi ta’minlanishi zarur.

Qoidalarga zid holatlar aniqlangan taqdirda futbolchi kamchilik bartaraf etilmaguncha o‘yinga qo‘yilmasligi, zarur holatlarda esa maydonga tushirilmasligi mumkin.

Ma’lumot uchun, ushbu holat bo‘yicha qat’iy chora ko‘rish 15 mart kuni bo‘lib o‘tadigan Superkubok bahsidan boshlab amalga oshiriladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting