Futbol. Taniqli hakam Artyom Kalilin hakamlik faoliyatini yakunladi
U yordamchi hakam sifatida koʻplab muhim uchrashuvlarda ishonchli va professional tarzda ishlagan.
photo: UzFHM
Oʻzbekistondagi hakamlik tizimida uzoq yillar fidokorona xizmat qilgan Artyom Kalilin oʻz faoliyatini yakunladi. U yordamchi hakam sifatida koʻplab muhim uchrashuvlarda ishonchli va professional tarzda ishlagan.
Faoliyatining keyingi bosqichida Artyom Kalilin tajribali instruktor sifatida yosh hakamlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish yoʻnalishlarda samarali mehnat olib boradi degan umiddamiz.
Artyom Kalilinga amalga oshirgan mehnati uchun minnatdorlik bildiramiz. Uning futbolimiz rivojiga qoʻshgan hissasi doimo qadrlanadi. Kelgusidagi faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz.
Ibrohim Jalolov
Redaktor