locale OZ

Futbol. Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov “Qo‘qon–1912” futbol jamoasining fan-klubi yetakchi a’zolari bilan uchrashdi

Uchrashuvda ishqibozlarga jamoaning Superligadagi ishtiroki hamda kelgusidagi rejalari yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futbol. Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov “Qo‘qon–1912” futbol jamoasining fan-klubi yetakchi a’zolari bilan uchrashdi
photo: Qo'qon-1912

Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov “Qo‘qon–1912” futbol jamoasining fan-klubi yetakchi a’zolari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ishqibozlarga jamoaning Superligadagi ishtiroki hamda kelgusidagi rejalari yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.

Viloyat hokimi futbol avvalo muxlislar uchun ekanini ta’kidlab, bu borada fan-klub a’zolarining qo‘llab-quvvatlashi jamoa uchun g‘oyat muhim ekanini qayd etdi. “Qo‘qon–1912” jamoasi oldida yangi mavsumda mas’uliyatli va zalvorli o‘yinlar turgani, fan-klub faolligini yanada oshirish, muxlislar safini kengaytirish zarurligi bildirildi.

Qo‘qon universiteti fan-klubini homiylikka olish bo‘yicha tashabbus bildirdi. Shuningdek, fan-klub yetakchi a’zolari rahbariyat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi, zarur sharoitlar yaratilishi ma’lum qilindi.

Uchrashuv davomida fan-klub a’zolarining taklif va tashabbuslari tinglandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting