locale OZ

Futbol bo'yicha U-17 Osiyo kubogiga qur’a tashlash sanasi ma’lum

Qur’ada jamoalar 4 ta savatchaga ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi musobaqa g‘olibi sifatida 1-savatchadan o‘rin olgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
U-17 Osiyo kubogiga qur’a tashlash sanasi ma’lum
photo: UFA

Osiyo futbol konfederatsiyasi 2026-yilning 14–31-may kunlari Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan U-17 Osiyo kubogi final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘yicha ma’lumot taqdim etdi. Unga ko‘ra, mazkur tadbir 2026-yilning 12-fevral kuni Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tadi.

Qur’ada jamoalar 4 ta savatchaga ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi musobaqa g‘olibi sifatida 1-savatchadan o‘rin olgan.

Mazkur musobaqa Qatarda bo‘lib o‘tadigan 17 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi FIFA Jahon chempionatiga saralash vazifasini o‘tab beradi. Musobaqaning eng yaxshi 8 ta jamoasi 2026-yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi mundialda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting