locale OZ

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogining ikki o‘yini bo‘lib o‘tdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogining ikki o‘yini bo‘lib o‘tdi
Rasm: nfa-academy.uz Andijon Akademiya

1-aprel kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi doirasida ikkita o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Dastlabki uchrashuv soat 14:00da boshlanib, unda «Andijon Akademiya» hamda «Kattaqurg’on» jamoalari maydonga tushdi. O‘yin andijonliklarning katta ustunligi bilan yakunlandi, «Kattaqurg’on» 94-daqiqada penalti tepish uchun ajoyib imkoniyatga ega edi, ammo afsuski, buni amalga oshira olmadi. Yakuniy hisob 3:0.

Soat 16:30da boshlangan ikkinchi o‘yinda «Namangan akademiyasi» hamda «Ahmedov» klublari o‘zaro bahs olib bordi. Ikkala jamoaning barcha gollari ikkinchi bo‘limda urildi. Uchrashuvda hisob 3:1 ko‘rinishida namanganliklar foydasiga hal bo‘ldi.

O‘zbekiston kubogi.
Andijon Akademiya - Kattaqo‘rg‘on - 3:0
Gollar: Fozilov 24, 74, Zuhriddinov 82.
Namangan akademiyasi - Ahmedov - 3:1
Gollar: Abdumo‘taliyev 56, Yo‘lchiyev 58, Abdurahmonov 90+3 - Nasrullayev 90.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting