locale OZ

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasining chorak finaldagi raqibi maʼlum

Avstraliyada oʻtkazilayotgan futbol boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogida Oʻzbekiston terma jamoasining chorak finaldagi raqibi aniq boʻldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futbol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasining chorak finaldagi raqibi maʼlum
photo: UFA

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasining chorak finaldagi raqibi maʼlum

Avstraliyada oʻtkazilayotgan futbol boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogida Oʻzbekiston terma jamoasining chorak finaldagi raqibi aniq boʻldi. “B” guruhida uchinchi oʻrin bilan ushbu bosqichga yoʻl olgan qizlarimiz unda “A” guruhining gʻolibi Janubiy Koreya bilan toʻqnash keladi.

Boʻlajak bahs 14-mart kuni Sidney shahrida tashkil etiladi. Qayd etish joiz, mazkur bellashuv gʻolibi kelasi yil Braziliyada boʻlib oʻtadigan jahon chempionati yoʻllanmasiga ega boʻladi. Imkoniyatni boy bergan jamoa esa mundial yoʻllanmasi uchun chorak finalning boshqa bir juftligida magʻlub boʻlgan ishtirokchi bilan kurash olib boradi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting