locale OZ

«Fulxem» bosh murabbiyi Marku Silva jamoasi bilan shartnomani uzaytirishga shoshilmayapti

Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi kelishuv 2026 yilning yozida yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Fulxem» bosh murabbiyi Marku Silva jamoasi bilan shartnomani uzaytirishga shoshilmayapti
FOTO: Getty Images

«Fulxem» bosh murabbiyi Marku Silva hali ham klub bilan yangi shartnoma imzolamadi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, London klubi rahbariyati bu vaziyatdan jiddiy xavotirda, chunki portugaliyalik mutaxassis bilan shartnomani uzaytirish «Fulxem»ning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Biroq Silva muzokaralarni choʻzmoqda va hali yakuniy qaror qabul qilmagan.

Marku Silvaning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar moʻljallangan.

Hozirda «Fulxem» APLning 11-turidan soʻng 11 ochko jamgʻargan holda turnir jadvalida 15-o‘rinda bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting