Füllkrug — «Milan» futbolchisi
U bugun debyutini o'tkazishi mumkin.
Фото: Милан
"Milan" klubi rasmiy sayti orqali hujumchi Niklas Füllkrugning Angliyaning "West Ham" jamoasidan ijaraga asosida safga qo'shilganini ma'lum qildi.
Füllkrug yangi jamoasi safida 9-raqamli futbolkada to'p tepadi.
Nemis hujumchisi London klubidan ruxsat olgan holda 26 dekabrdan beri "Milan"ning Milanellodagi mashg'ulot bazasida yangi jamoasi bilan birga shug'ullanib kelmoqda. Bugun kechqurun u "Cagliari"ga qarshi o'yinda maydonga tushishga tayyor.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist