locale OZ

Frimpong \"Liverpul\"ga o‘tishdan bosh tortdi

Futbol
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Frimpong "Liverpul"ga o‘tishdan bosh tortdi
Photo: Getty Images

“Bayer” himoyachisi Jeremi Frimpongning “Liverpul”ga o‘tishi amalga oshmaydigan bo‘ldi. Bu haqida The Athletic nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchi oilaviy sabablarga ko‘ra “Liverpul”dan tushgan taklifni rad etgan.

Frimpongning “Bayer” bilan 2028 yilgacha shartnomasi bor. Futbolchining tovon puli 35 million yevroni tashkil etmoqda.

Joriy mavsumda Frimpong “Bayer” safidagi barcha musobaqalarda 47 o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol va 12 ta assist qayd etgan.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting