Frenk Lempard «Koventri» bilan Chempionship g‘olibiga aylandi
46 ta tur yakunlangach 3 – 6-o‘rinlarni egallagan jamoalar pley-off o‘yinlarida ishtirok etadi.
ФОТО: Getty images
Angliyaning «Koventri Siti» klubi 26-aprel kuni o‘z maydonida «Reksxem»ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, Chempionship g’olibiga aylandi. Ushbu natija bilan Frenk Lempard jamoasi APL yo‘llanmasini naqd qildi.
«Koventri» bosh murabbiyi Frenk Lempard o‘yindan so‘ng muxlislarga minnatdorchilik bildirdi.
«Klub uni qo‘llab-quvvatlaydigan insonlar kabi buyukdir. Eng katta quvonchlardan biri sizlarga shu lahza zavqini berishdir. Bu lahza sizniki», – dedi murabbiy.
Ma’lumot uchun, Chempionshipda 46 ta tur yakunlangach 3 – 6-o‘rinlarni egallagan jamoalar Premyer-ligaga chiqish uchun qo‘shimcha pley-off o‘yinlarida ishtirok etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist