Fransiya. «Tuluza» – «PSJ» – 3:6 (video sharh)
Фото: Getty Images
"PSJ" Fransiya chempionatining 3-turida safarda "Tuluza"ni yirik hisobda mag'lub etdi – 6:3.
Mehmonlar safida Joau Neves xet-trik qayd etdi, uchta goldan ikkitasi portugaliyalik tomonidan akrobatik usulda kiritildi.
Bundan tashqari, parijliklar safida Usmon Dembele ikkita gol urdi, yana bir gol Bredli Barkola hisobiga yozildi.
“Tuluza” va “PSJ" uchrashuvida kiritilgan gollar va yuzaga kelgan xavfli vaziyatlarni tomosha qiling.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist