Fransiya. «PSJ» gollar shousida «Tuluza»dan ustun keldi
Фото: Getty Images
Fransiya chempionatining 3-turida "PSJ" klubi safarda "Tuluza"ga qarshi o‘ynadi.
Gollar shousiga aylangan bellashuvda amaldagi chempion 6:3 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. Neves xet-trikka erishgan bo‘lsa, Dembele dubl qayd etdi.
Shu tariqa, Luis Enrike shogirdlari 9 ochko bilan Fransiya chempionati turnir jadvalini boshqarmoqda.
Fransiya chempionati. 1-tur
"Tuluza" 3:6 "PSJ"
Gollar: Kressvell 37, Gbou 89, Vossa 90+1 – Neves 7, 14, 78, Barkolya 9, Dembele 31, 51
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist