Fransiya. «Lens» «Metz»ni yirik hisobda mag'lub etdi
Fransiyada 25-tur uchrashuvlari davom etmoqda.
ФОТО: Getty images
Fransiya chempionatining 25-turida ikkinchi o'rindagi “Lens” o'z maydonida autsayder “Metz”ga qarshi bahs olib bordi.
Unda mezbonlar raqib darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi.
Natijada “Lens” ochkolarini 56 taga yetkazib, peshqadam “PSJ” (57) bilan farqni qisqartirdi. “Metz” esa 13 ochko bilan 18-o'rinda bormoqda.
Liga 1. 25-tur
Lens — Metz 3:0
Gollar: Abdulhamid (44), Toven (46), Haydara (52).
Lens — Risser, Chelik (Haydara, 46), Ganiou, Sarr, Abdulhamid, Sangar (Bulatovich, 73), Thomasson, Udol, Toven (Sotoka, 63), Sima (Bermont, 83), Eduar (Fofana, 63).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist