Fransiya kubogi. «PSJ» yirik hisobda g'alaba qozonib, 1/16 finalga chiqdi
Uchrashuvda jami 4 ta gol urildi.
Фото: Getty Images
"PSJ" Fransiya Kubogi 1/32 finali doirasida safarda "Fontene"ni yirik hisobda mag'lub etdi - 4:0.
Mehmonlar safida Gonsalu Ramush dubl qayd etgan bo'lsa, Dezire Due va Usmon Dembele bittadan gol urdi.
Luis Enrike uchrashuvda aralash tarkibdan foydalandi. Dembele ham maydonga tushib, nihoyat gol urdi.
Fransiya kubogi. 1/32 final
Fontene - PSJ - 0:4
Gollar: Due, 25 (0:1). Dembele, 34 - penaltidan (0:2). Ramush, 53 (0:3). Ramush, 58 (0:4)
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist