Fransiya chempionati. «Marsel» o‘z maydonida «Parij»ni yirik hisobda mag‘lub etdi, Obameyangdan dubl
Фото: Getty Images
Fransiya chempionatining 2-turida "Marsel" klubi o‘z maydonida "Parij"ni qabul qilib, 5:2 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinda Pyer-Emerik Obameyang dublga erishdi. Grinvud, Xeybyerg va Vash bittadan gol muallifiga aylandi. Mehmonlar safida Kebbal va Saymon o‘z hisoblarini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Bu g‘alabadan so‘ng "Marsel" hisobida ochkolar soni 3tani tashkil etmoqda. "Parij" hozircha ochko to‘play olgani yo‘q.
Fransiya chempionati. 2-tur
"Marsel" 5:2 "Parij"
Gollar: Grinvud 18, Obameyang 24, 73, Xeybyerg 81, Vash 90+6 – Kebbal 28, Saymon 58.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist