Fransiya. Bugun 8-tur uchrashuvlari start oladi (o‘yinlar taqvimi)
"PSJ" turnirning ilk o‘yinida maydonga tushadi.
ФОТО: Getty images
Bugun Fransiya chempionatida 8-tur uchrashuvlari start oladi.
Turnirning ilk bahsida amaldagi chempion “PSJ” klubi Parijda “Strasburg”ni qabul qiladi.
Qolgan bahslar esa shanba va yakshanba kunlariga belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda “PSJ” turnir jadvalida 16 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. “Marsel” hisobida esa 15 ochko bor va 2-o‘rinda bormoqda.
17 oktyabr (juma)
23:45. «PSJ» — «Strasburg».
18 oktyabr (shanba)
20:00. «Nitsa» – «Lion»;
22:00. «Anje» – «Monako»;
00:05. «Marsel» – «Gavr».
19 oktyabr (yakshanba)
18:00. «Lans» – «Parij»;
20:15. «Tuluza» – «Mets»;
20:15. «Loryan» – «Brest»;
20:15. «Renn» – «Oser»;
23:45. «Nant» – «Lill».
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist